O‘zbekiston | 17:00 / 27.06.2025
1639
3 daqiqa o‘qiladi

 “Navoiyuran” London Stock Exchange’da 300 mln dollarlik yevrobond joylashtirdi

2025 yil 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida respublikamizdagi bir nechta yirik sanoat korxonalari qatori “Navoiyuran” davlat korxonasi ham 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi belgilangan.

Foto: Navoiyuran

Ushbu maqsadda, Korxona tomonidan “S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” tomonidan VV- (korxona mustaqil profili BB-, barqaror kutilma) darajasida qo‘lga kiritildi. Shu bilan birga, joriy yil aprel oyida “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan korxona “ESG” reytingi 3 daraja (55 baho) bilan baholandi.

Korxonaning dastlabki xalqaro obligatsiyalarini chiqarish jarayoniga bank-anderrayter etib CITI, Abu Dhabi Comercial Bank va Natixis investitsiya banklari, moliyaviy maslahatchi etib Finasia Capitals, xuquqiy masalahatchi etib Dentons yuridik kompaniyasi va tashqi auditor sifatida “Deloitte” auditorlik tashkiloti hamkorlar sifatida tanlab olindi.

Joriy yilning 23-24 iyun kunlari London shahrida 64 ta yirik xalqaro investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar doirasida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning natijalari, xususan “Navoiyuran” DKda 2022-2024 yillarda olib borilgan transformatsiya samarali natijalari va kelgusidagi rivojlanish rejalari yuzasidan batafsil axborot berildi.

Salohiyatli investorlar, korxonaning yevrobondlarini joylashtirish rejalariga yuqori qiziqish bildirdi.

Xalqaro investorlarning yuqori qiziqishi va bank-anderrayterlar tavsiyalarini inobatga olib korxonaning 300 mln AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik yevrobondining boshlang‘ich foiz stavkasi 7,250-7,375 foiz oraligida belgilandi va buyurtmalar kitobi ochiq deb e’lon qilindi.

Xalqaro investorlarining yirik buyurtmalari tufayli talab hajmi jami 93 ta investor tomonidan buyurtmalar hajmi 1,3 mlrd AQSh dollardan (talabdan 4,3 barobardan yuqori) oshganligi munosabati bilan foiz stavkasi tushirildi va yakuniy kupon stavkasini 6,70 foiz etib belgilashga erishildi.

Natijada korxonaning 300 mln AQSh dollari miqdoridagi 5 yillik yevrobondlarini 6,70% kupon stavkasida (dastlabki foiz stavkasiga nisbatan 0,675 foizga past) joylashtirildi.

E’tirof etish joizki, joriy yilda “Navoiyuran” DK London Stock Exchange’da O‘zbekistonning korxona va tashkilotlari orasida eng past kupon stavka bilan joylashtirgan Debyut yevrobondi bo‘ldi.

Yevrobondlarni joylashtirishdan tushgan mablag‘lar Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, transport va texnologik parkini kengaytirish loyihalariga, uran zaxiralarini ko‘paytirishga hamda xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalari uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid