«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.

Foto: IIB
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom «Jasorat maktablari»ga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
«Jasorat sinflari»da ta’lim jarayonlari quyidagicha olib boriladi:
- ta’lim jarayonlari 5-11- sinflarda kunduzgi ta’lim shaklida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
- matematika, ChQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi;
- o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi;
- 9-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma beriladi.
«Jasorat maktablari»ni a’lo baholar bilan tamomlagan hamda «Vatan tayanchi» otryadining a’zosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Mavzuga oid

21:17 / 25.06.2025
Farzandini maktabga yubormayotgan migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish taklif etildi

17:23 / 16.06.2025
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

17:14 / 16.06.2025
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

22:45 / 11.06.2025