Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi
Bugun, 4 iyul soat 02:42 da Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sag‘bon” MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:48 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:10 da o‘rab olingan va soat 04:05 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida uyning 140 kv m maydonda shifti, tomi, ichki qismi va jihozlari yongan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.