Jamiyat | 13:43 / 07.07.2025
1622
1 daqiqa o‘qiladi

Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

Sirdaryo viloyatida noqonuniy yo‘llar bilan qimmatbaho zargarlik buyumlarini aylanmaga kiritishga urinishga chek qo‘yildi. 

Foto: Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi

Viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qilishicha, Oqoltin tumanida o‘tkazilgan maxsus tadbir natijasida fuqaro R.A. zargarlik buyumlarini 69 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tadbir davomida fuqarodan jami 38 dona, jumladan, 11 dona tilladan yasalgan zargarlik buyumlari, 12 dona erkak va ayollar uchun tilla soatlar, 15 dona olmos toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Buyumlarning dastlabki bahosi 892 million so‘mni tashkil qilmoqda. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid