Jamiyat | 13:31 / 08.07.2025
2239
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

Piskent tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB

Bugun, 8 iyul kuni soat taxminan 09:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Olmaliq shahri va Piskent tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Damas va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida o‘zaro to‘qnashgan.

YTH natijasida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid