Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojxona to‘lovlari bo‘yicha muzokaralarning borishi haqida «yaxshi suhbat» o‘tkazdi, deya xabar berdi Yevrokomissiya. Suhbat tafsilotlari noma’lum.

Foto: Evan Vucci/AP/picture alliance
Yevropa Ittifoqi yaqin kunlarda AQSh bilan savdo mojarosini hal qilish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishishni kutmoqda. Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarning hozirgi holati haqida gaplashdi, dedi idora vakili suhbatni «yaxshi» deb ta’riflab.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada prinsipial kelishuv tuzish bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatga erishilgan va tomonlar hozirda texnik va siyosiy darajada davom etayotgan muzokaralarning «yakuniy bosqichining boshida» turibdi, deya xabar beradi dpa.
Yevrokomissiya vakili fon der Lyayyen va Tramp o‘rtasidagi suhbat tafsilotlarini oshkor qilmadi, faqat samarali fikr almashish bo‘lganini va tomonlar kelishuvga erishish hamda zararli tariflardan qochishga qat’iy qaror qilganini aytdi.
Aprel oyida Donald Tramp YeI uchun 20 foizlik tarif belgilagan, biroq keyinchalik muzokaralar uchun asos yaratish maqsadida uni o‘n foizga tushirgan. 9 iyul kuni Trampning Yevropa mahsulotlariga tariflarni oshirish bo‘yicha belgilagan muddati tugaydi. Aynan shu sanada Bryussel Vashington bilan kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid

22:34
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

21:13
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

20:09
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda

18:49