Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi
Dunyodagi eng qimmat kompaniya yangi marraga ko‘tarildi.

Foto: Reuters
9 iyul kuni fond birjalaridagi savdolar ochilishidan so‘ng, chip ishlab chiqaruvchi Nvidia aksiyalari 2 foizga qimmatlashdi. Natijada, Amerika kompaniyasi 4 trillion dollarlik kapitallashuv chegarasidan oshib ketdi, deb xabar berdi Reuters.
Nvidia kapitallashuvi 3 trillion dollardan oshgan Microsoft va Apple kompaniyalarini ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi.
Nvidia kapitallashuvi 2023 yil iyun oyida 1 trillion dollarga yetgan edi va taxminan bir yil ichida uch barobarga oshdi.
Nvidia kompaniyasining S&P 500 indeksidagi ulushi hozir 7,3 foizni tashkil qiladi. Bu boshqa kompaniyalarga qaraganda ko‘proq. Apple va Microsoft ulushi mos ravishda taxminan 7 foiz va 6 foizni tashkil qiladi.
2025 yil boshidan buyon kompaniya chiqargan aksiyalarining umumiy qiymati 20 foizga o‘sdi. Investorlarning optimizmi sun’iy intellektning (SI) keskin rivojlanishi bilan bog‘liq: Nvidia chiplari SI modellarini o‘qitish uchun ishlatiladi.
Yanvar oyida Nvidia kapitallashuvi Xitoyning DeepSeek sun’iy intellekt startapi ommabopligi tufayli 600 milliard dollarga kamaydi. Aprel oyida esa aksiyalar narxi Donald Trampning import qilinadigan tovarlarga bojlar joriy etishini e’lon qilishi tufayli yanada tushib ketdi.
Mavzuga oid

21:18 / 02.07.2025
Microsoft 9 ming nafarga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

23:55 / 01.07.2025
Microsoftʼning yangi sun’iy intellekti tashxislarni shifokorlardan to‘rt marta aniqroq qo‘ymoqda

17:24 / 29.06.2025