O‘zbekiston | 12:29
2196
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

2025 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 37 859 698 kishini tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

Shundan:

  • ayollar soni – 18,8 mln kishi;
  • erkaklar soni – 19,1 mln kishi;
  • shahar joylarda – 19,3 mln kishi;
  • qishloq joylarda – 18,6 mln kishi.

O‘zbekistonda 3 kishi yashaydigan uy xo‘jaliklari ulushi 11,2 foizni tashkil etdi. 

Oila a’zolari 3 kishidan iborat uy xo‘jaliklari ulushi yillar kesimida:

  • 2010 yil – 9,4 foiz;
  • 2015 yil – 9,9 foiz;
  • 2020 yil – 10,2 foiz;
  • 2024 yil – 11,1 foiz;
  • 2025 yil (yanvar-may) – 11,2 foiz.

Mavzuga oid