Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikni egallash istagidagi talabgorlardan hujjatlar qabuli boshlandi. Qabul 10 avgust kuniga qadar davom etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026 o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlanganini e’lon qildi.
2025/2026 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
- o‘zining pasport ma’lumotlari, JShShIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
- diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- hamda o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Mavzuga oid

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi

07:51 / 04.07.2025