O‘zbekiston | 19:07 / 10.07.2025
2907
1 daqiqa o‘qiladi

Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi

Toshkent shahridagi yerosti quvuri yorilishi fonida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari to‘xtatildi. Kompaniya avariyali uchastkalarni aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Veolia Energy Tashkent 30 maydan 17 iyulgacha rejalashtirilgan issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Kompaniya sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha yondashuvni qayta ko‘rib chiqayotgani va quvurlardagi ehtimoliy avariyali uchastkalarni aniqlashning yangi, xavfsizroq usullarini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

«Bizning maqsadimiz — 2025-2026 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida aholi uchun xavflarni minimallashtirgan holda issiqlik ta’minotining ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash. Keyingi choralar va muddatlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 iyul kuni Toshkent shahrida Shayxontohur tumani hududidagi tibbiyot instituti chorrahasida yer tagida diametri 800 mm bo‘lgan suv quvuri yorilib ketdi.

Yuzaga kelgan quvur yorilishi sababli fuqarolar mulki, transport vositalari yoki boshqa obektlarga yetkazilgan barcha zararlar Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

 

Mavzuga oid