O‘zbekiston | 09:25
896
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

Qohira shahrida O‘zbekiston-Misr biznes-forumi tashkil etildi.

Unda Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov boshchiligidagi viloyat ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyasi va misrlik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Forum Misrning qishloq xo‘jalik mahsulotlari, jumladan kartoshka va qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish, shu asosda mamlakatda sifatli kartoshka urug‘larini yetishtirish hamda misrlik tadbirkorlarning investitsiya va tajribasini yurtimiz qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir doirasida Qashqadaryo viloyatidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va Misr Qishloq xo‘jaligi tadqiqot markazi, turli kompaniyalar vakillari o‘rtasida G2B va V2V formatida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar natijasida serhosil kartoshka navlarini yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, hamkorlikning keyingi bosqichi sifatida O‘zbekistonda kartoshka urug‘ini yetishtirish to‘liq siklini mahalliylashtirishni ko‘zda tutuvchi istiqbolli loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.

Mavzuga oid