Jamiyat | 12:32 / 12.07.2025
1217
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: FVB

Joriy yilning 11 iyul kuni soat 18:06 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Chilonzor 3-dahasidagi 1-uy oldida ochiq maydonda quruq o‘t va daraxt shoxlari yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borib, yong‘in soat 18:23 o‘chirilgan.

Aytilgan manzilda yong‘in natijasida ochiq maydonda quruq o‘t, daraxt to‘sinlari, shoxlari yongan va "Lasetti", "Spark" avtomobili yon kuzov qismi issiqlik ta’sirida kuygan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid