Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn sog‘liqni saqlash vaziri Jalila bint as-Sayyid Javod Hasan bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
Unda O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va hamshiralarni Bahraynga ishga jalb etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Vazir Jalila bint as-Sayyid Javod Hasan ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini qayd etish barobarida, barcha yo‘nalishlarda, xususan tibbiyot sohasida yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan salohiyat borligini bildirdi.
O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida erishayotgan yutuqlari, yosh kadrlarni tayyorlash bo‘yicha samarali natijalari alohida qayd etildi. Shuningdek, ushbu sohada O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.
Bahrayn bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va oilaviy tibbiyot markazlarida davolash ishlarini tashkil etish yo‘nalishida tajriba almashish xususida fikr almashildi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari o‘rtasida anglashuv memorandumini ishlab chiqish va imzolashni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

11:33 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Bahrayn odam savdosi oldini olish yo‘nalishida hamkorlik qiladi

08:00 / 17.07.2025
Bahrayn banklari O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etiladi

08:32 / 11.07.2025