Jahon | 15:08 / 17.07.2025
3025
3 daqiqa o‘qiladi

Fitso Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini bloklash bilan tahdid qildi

Bratislava Yevropa Ittifoqi Rossiya gazidan foydalanishdan butunlay voz kechgan taqdirda Yevrokomissiya kafolatisiz Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini qo‘llab-quvvatlamaydi, dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso.

Robert Fitso Foto: AP

16 iyul, chorshanba kuni Reuters agentligining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi Ukrainada boshlagan urush uchun 18-sanksiya paketini qabul qilishga bo‘lgan so‘nggi urinishi Slovakiya vetosi bilan to‘sib qo‘yildi. Bu ma’lumotni Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso tasdiqladi. U Bratislavaning bu boradagi pozitsiyasini Yevropa Komissiyasining (YeK) 2028 yil 1 yanvarga qadar Rossiyadan gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatish rejalari bilan izohladi. Yevropa Ittifoqining RePowerEU deb nomlangan tashabbusi iyun oyida e’lon qilingan va shunday tuzilganki, uni qabul qilish uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilinishi shart emas – ko‘pchilik ovozi yetarli. «Moskva energiyadan bizga qarshi qurol sifatida foydalangan va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni shantaj qilgan», deb ta’kidladi Bryussel.

«Slovakiya Respublikasi hech qachon gaz ta’minoti bo‘yicha REPowerEU'ni qo‘llab-quvvatlamaydi, chunki bu Slovakiya uy xo‘jaliklari va iqtisodiyotiga zarar yetkazadi va butun Yevropa Ittifoqining raqobatbardoshligini yanada pasaytiradi», dedi Fitso X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyenga ochiq xatida.

Uning ta’kidlashicha, mamlakat Yevropa Komissiyasi tashabbusiga veto qo‘yishga qodir emasligini tushunadi va shuning uchun Bratislava 2027 yildan keyin «Rossiyadan gaz yetkazib berish sohasidagi xavflar» bartaraf etilmaguncha, 18-sanksiya paketi bo‘yicha ovoz berishni keyinga qoldirishni so‘raydi.

Reuters xabariga ko‘ra, Slovakiya bosh vaziri o‘z mamlakati bilan "Gazprom" o‘rtasidagi amaldagi shartnomani 2034 yilgacha saqlab qolish imkonini beradigan istisno bo‘lishini istaydi. Yana bir yo‘l — Bratislavani energiya xavfsizligi kafolatlari bilan ta’minlash va unga mumkin bo‘lgan arbitraj xatarlari uchun kompensatsiya sifatida 20 milliard yevro o‘tkazish, dedi Slovakiya TIV rahbari Yuray Blanar avvalroq.

Mavzuga oid