Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar kaltaklandi
15 iyul kuni Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Peshku tumanining Safron cho‘l massivida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Reyd tadbiriga viloyat ekologiya boshqarmasi inspeksiya boshlig‘i boshchiligidagi ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari jalb etilgan.
Reyd davomida inspektorlar Xorazm viloyatida yashovchi fuqarolar tomonidan (shaxsi noma’lum) «ZIL» rusumli yuk mashinasi bilan cho‘l massivi hududidan noqonuniy ravishda saksovul o‘simligini kesib, yuk mashinasiga ortgan holda cho‘lning ichki yo‘li orqali ketayotganini ko‘rib qolgan va boshqarmaga tegishli avtomashina bilan yuk mashinasini ta’qib qilgan.
Kuzatuv davomida taxminan 110 km masofadan so‘ng yuk mashinasi G‘uzor–Buxoro–Nukus A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro viloyatidan Xorazm viloyati yo‘liga chiqib, harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng inspeksiya boshlig‘i avtomobil yo‘li bo‘ylab 5 km masofadan so‘ng boshqarma inspeksiya xodimlarini orqadan kelayotgan boshqa avtomashinalarni nazorat qilish uchun tushirib, o‘zi «ZIL» rusumli yuk mashinasining ortidan kuzatuvni davom ettirgan.
U yuk mashinasidan o‘tib ketganida taxminan 200 metr masofada Xorazm viloyatiga tegishli davlat raqami bo‘lgan oq rangli «ISUZU» rusumli yuk mashinasi yo‘lini to‘sgan. Mashinadan notanish fuqarolar qo‘lida har xil turdagi sovuq qurollar (bita, armatura, temir truba) bilan tushib kelib, boshqarmaning avtomashinasini urib, pachoq qilgan hamda inspeksiya boshlig‘ini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan. Shundan so‘ng u voqea joyidan ketgan.
Bundan tashqari, huquqbuzarlar boshqarma inspeksiya xodimlarining yuz va tana qismlari barcha sohasiga urib, turli xil og‘ir tan jarohatlari yetkazgan (birining oyog‘i singan). Keyin ularni yuk mashinasining bortiga yuklab, o‘zlari bilan olib ketayotgan vaqtda inspektorlar harakatlanib turgan yuk mashinasining orqa bort qismidan o‘zlarini tashlab, qochishga ulgurgan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:25 / 28.06.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizi qurigan tubida saksovul ekadi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025