O‘zbekiston | 15:33 / 18.07.2025
14660
1 daqiqa o‘qiladi

Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Kun.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli 4 522,1 mingta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan.

Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar (jamiga nisbatan ulushi 93 foiz) tashkil etadi.

2025 yilning dastlabki uch oyi davomida avtomobillar soni 79,8 mingtaga oshgan.

2025 yilning 1 aprel holatiga jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

  • yengil avtomobillar – 4 207,6 ming dona;
  • yuk avtomobillari – 293,3 ming dona;
  • mikroavtobuslar – 7,7 ming dona;
  • maxsus transport vositalari – 7,4 ming dona;
  • avtobuslar – 6,1 ming dona.

Mavzuga oid