O‘zbekiston | 13:25
811
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 6 oyda 872 ming kishi o‘z mehnat faoliyatini qonuniylashtirdi

2025 yilning iyun holatiga «O‘zini o‘zi band qilish» xizmati orqali 872 nafar fuqaro o‘z mehnat faoliyatini qonuniylashtirdi.

Bunda eng ko‘p tanlangan sohalar quyidagilar bo‘ldi:

  • chorva parvarishi – 159 000 kishi;
  • tikuvchilik – 94 000 kishi;
  • qishloq xo‘jaligi ishlari – 76 000 kishi;
  • yo‘lovchi tashish (avtomobilda) – 57 000 kishi;
  • tomorqada ishlash – 40 000 kishi.

My.gov.uz xabariga ko‘ra, mazkur xizmatdan foydalanishda eng faol hududlar:

  • Toshkent viloyati – 125 000 ariza;
  • Qashqadaryo viloyati – 110 000;
  • Samarqand viloyati – 85 000;
  • Namangan viloyati – 82 000;
  • Andijon viloyati – 77 000.

Arizalarning 78 foizi my.gov.uz portali orqali berilgan. 22 foizi mobil ilovadan.

Eslatma, «O‘zini o‘zi band qilish» – bu nafaqat faoliyatni qonuniylashtirish, balki pensiya ballari, ijtimoiy kafolatlar va kelajakdagi ishonchli faoliyat uchun ham muhim qadamdir.

Mavzuga oid