Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
MChJ rahbari va menejeri fuqarolarni go‘yoki Germaniyaga ishga yuborishi haqida internetga e’lonlar joylashtirib, ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 dollar va 73,2 mln so‘m pullarni qo‘lga kiritgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, F.A. MChJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida internet ijtimoiy tarmoqlariga e’lonlar joylashtirib, ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 AQSh dollari va 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:54
Nemis siyosatchisi saylov byulletenidagi svastika tufayli iste’foga chiqdi

17:49
Belarus kiberfiribgarlari pullarning bir qismini O‘zbekistonga yuborgani ma’lum bo‘ldi

13:58
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi

13:32