Jahon | 10:30 / 31.07.2025
2291
1 daqiqa o‘qiladi

Kamchatka yaqinida 6,3 magnitudali takroriy zilzila yuz berdi

Tinch okeanida Kamchatka sohillari yaqinida 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati.

Foto: Aleksandr Piragis/RIA Novosti

30 iyul kuni Tinch okeanida Kamchatka qirg‘oqlari yaqinida kuchli silkinishlardan so‘ng 6,3 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda 31 iyul, payshanba kuni Telegramʼda Rossiya Fanlar akademiyasi (RAN) Yagona geofizika xizmatining Kamchatka bo‘limi xabar berdi.

Zilzila episentri Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridan 178 km sharqda, episentri 39,4 km chuqurlikda joylashgan.

O‘tgan kechada seysmologlar 200 dan ortiq yerosti silkinishi - aftershokni qayd etdi.

30 iyun, chorshanba kuni Kamchatka yaqinida 1952 yildan beri eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi.

Geofizika xizmatining Kamchatka bo‘limi uning magnitudasi 8,7 ga yetganini ma’lum qildi. AQSh Geologik xizmati 8,8 magnituda deb baholadi. Amerikalik seysmologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Kamchatkaning sharqiy qirg‘og‘idan taxminan 136 kilometr uzoqlikda, 19,3 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Mavzuga oid