O‘zbekiston | 07:37 / 31.07.2025
1974
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat me’yorlarini joriy etish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Mehnat me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjat ish beruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari uchun mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek xodimlarning optimal sonini aniqlash maqsadida qabul qilingan.

Namunaviy nizom quyidagilarni belgilaydi:

tashkilotlarda mehnat me’yorlari va standartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi;
yordamchi xodimlarning ayrim toifalari kasblari va lavozimlari bo‘yicha ish haqining namunaviy me’yorlari.

Mehnatni me’yorlash – bu muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida ma’lum bir ish yoki topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘lgan maksimal vaqtni aniqlash, shuningdek, mehnat natijalari va ish haqi miqdorlari o‘rtasidagi muvozanatli nisbatlarni o‘rnatish bo‘lib, u turli toifadagi xodimlar (guruhlar) soni va jihozlar sonining optimal nisbatini aniqlash imkonini beradi.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va kasblari tasniflagichi kasblar va lavozimlarning boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar toifalariga tegishliligini aniqlash uchun qo‘llanadi.

Yordamchi xizmatchilar toifasiga kiruvchi shtat birliklarini aniqlashda, avvalo, ushbu toifaga mansub ayrim kasblar va lavozimlar bo‘yicha xodimlar sonining namunaviy me’yorlariga amal qilinadi. So‘ngra, yordamchi xizmatchilar sonining ma’muriy xizmatchilarga nisbatan mutanosibligini hisoblash me’yorlari qo‘llanadi.

Mavzuga oid