Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis startapi AQShda Yevropa uchun rekord summaga sotib olindi
Nice texnologiya kompaniyasi Cognigy startapini Yevropa sun’iy intellekt bozori uchun rekord summaga - 955 million dollarga sotib oldi.
Aloqa markazlari va sun’iy intellekt (SI) uchun dasturiy ta’minotga ixtisoslashgan Amerikaning Nice kompaniyasi Dyusseldorfdagi Cognigy startapini Yevropa sun’iy intellekt bozori uchun rekord summa – 955 million dollarga sotib oldi. Bu haqda Handelsblatt ishbilarmonlik gazetasi xabar berdi. Nice rahbariyati 2025 yilning to‘rtinchi choragida Cognigy'ni sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlashni rejalashtirmoqda.
2016 yilda tashkil etilgan Cognigy nafaqat Yevropada, balki Osiyoda ham faoliyat yuritadi. Startap Yevropadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun sun’iy intellekt asosidagi chat-botlarning eng ilg‘or ishlab chiquvchilaridan biri hisoblanadi. Bunday botlar mijozlarning savollariga javob berishi, ular bilan muloqot qilishi va oddiy vazifalarni bajarishi mumkin. Ilgari mavjud bo‘lgan chat-botlardan farqli o‘laroq, Cognigy ishlanmalari 100 dan ortiq tilda ishlashi va kompaniyalardagi mavjud tizimlarga birlashtirilishi mumkin. Startap mijozlari orasida Mercedes-Benz, DHL, Lufthansa va Nestle bor.

Nice'ning ish ko‘lami yanada kengroq. Hozirda Amerika konsernining mijozlari orasida Disney, Sony, Toyota va 150 dan ortiq mamlakatning boshqa kompaniyalari bor.
Startap vakillari bitimni ular, mijozlar va hamkorlar uchun «katta qadam» deb atadi. «Nice bilan biz o‘sishni tezlashtirish uchun zarur bo‘lgan miqyos, resurslar va nou-xauga ega bo‘lamiz», deya ma’lum qildi Cognigy. Bundan tashqari, startapning mustaqil platformasi bitim yakunlanib, Nice tizimlariga integratsiyalashganidan keyin ham mavjud bo‘lib qoladi.
Mavzuga oid

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q

13:25 / 01.08.2025