Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi
Hindiston qirg‘oqlari yaqinida kamida to‘rtta Rossiya nefti tashuvchi tanker turibdi. Ulardan ikkitasi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar ostida. Tramp Rossiyadan neft sotib oluvchi davlatlarga 100 foiz boj to‘lashi bilan tahdid qildi.

Foto: Vitaliy Timkiv/RIA Novosti
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti bo‘lgan kamida to‘rtta tanker harakatsiz turibdi, deb xabar berdi Bloomberg agentligi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Rossiya energiya resurslarini sotib olishi munosabati bilan Hindistondan tovarlarga 25 foizlik boj solig‘ini e’lon qilgan edi.
Achilles va Elyte kemalari Jamnagar yaqinida langar tashlagan. Ularni Sikka portida yuklarni tushirishi 2 va 3 avgust kunlariga belgilangan edi. Ikkala tanker ham Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar ostida. Yana ikkita tanker — Destan va Horae qirg‘oqdan ancha uzoqroqda joylashgan.
Trampning tahdidlaridan so‘ng Hindiston hukumati neftni qayta ishlash zavodlaridan boshqa mamlakatlardan neft sotib olish rejalarini ishlab chiqish va bo‘lishishni so‘radi.
Kuni kecha Hindistondagi to‘rtta neftni qayta ishlash zavodi Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. Gap Hindistondagi barcha neftni qayta ishlash quvvatlarining 60 foizdan ortig‘ini tashkil etuvchi davlatga qarashli neftni qayta ishlash zavodlari haqida bormoqda.
Mavzuga oid

11:48
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

10:43
Tramp: Maxsus elchi Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyuradi

08:51
Putin yuz minglab qo‘riqchilarga qurol tarqatishni buyurdi

07:09