Fan-texnika | 20:38 / 05.08.2025
2241
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram birinchi marta foydalanuvchiga verifikatsiya belgisini berdi

Hozircha faqat messenjer asoschisi Pavel Durovga.

Foto: iguides.ru

Telegram birinchi marta foydalanuvchining akkauntiga verifikatsiya belgisini berdi, hozircha faqat messenjer asoschisi Pavel Durovga. Bu e’tiborga molik voqea, chunki shu paytgacha messenjer oddiy foydalanuvchilarga rasmiy verifikatsiyani taqdim etmagan.

Durovning akkauntida rasmiy botlar va kanallardagi kabi «Ushbu akkaunt Telegram vakillari tomonidan tasdiqlangan» yorlig‘i paydo bo‘ldi, biroq an’anaviy ko‘k belgi o‘rniga messenjer logotipi ishlatilgan.

Bu yangi belgini «Verifikatsiya 2.0» tizimi orqali berilgan standart tasdiqlashlardan ajratib turadi, bunda uchinchi tomon tashkilotlari (masalan, TON Foundation) o‘z belgisini berishi mumkin.

Telegram bunday yorliqni barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qilishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Messenjer qoidalarida bu haqda hech qanday o‘zgarish qayd etilmagan, Durov profili esa bunday yorliqli yagona profil bo‘lib qolmoqda.

Katta ehtimol bilan, bunday turdagi verifikatsiya faqat Telegram asoschilari va xodimlari uchun - hech bo‘lmaganda hozircha - saqlab qo‘yilgan.

Mavzuga oid