Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lazizbek Mullajonovda aniqlangan dopingning ehtimoliy sababi aytildi
O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchiga shifokor tomonidan berilgan dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Foto: Getty images
O‘zbekiston boks federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullajonovning namunasida taqiqlangan metasteron moddasi aniqlangani va u barcha musobaqalardan vaqtinchalik chetlatilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, unga 2024 yil 19 noyabr kuni Farg‘ona shahridagi xususiy shifoxonada soch ko‘chirib o‘tkazilgan. Shu sababli bokschi 4 bosqichli operatsiya amaliyotida va operatsiyadan keyingi muolajalarda shifoxona tomonidan berilgan dori vositalarini qabul qilgan. Ushbu dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
O‘zbekiston boks federatsiyasi va Lazizbek Mullajonov tomonidan Xalqaro doping-test agentligiga (ITA) ushbu masala yuzasidan barcha hujjatlar taqdim qilingan bo‘lib, endi sportchi yakuniy qaror chiqishini kutmoqda. Ta’kidlanishicha, yakuniy qaror Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari natijasiga ta’sir qilmaydi va Mullajonovdan oltin medal olib qo‘yilmaydi.
Bokschi Lazizbek Mullajonovning namunasida doping aniqlangani haqida 2025 yil 30 iyul kuni Xalqaro doping-test agentligi (ITA) xabar berdi. Sportchining 2025 yil 11 iyunda topshirgan namunasida metasteron aniqlangan. Test sinovi musobaqadan tashqari davrda o‘tkazilgan. Butunjahon antidoping kodeksi qoidalariga ko‘ra, Mullajonov vaqtinchalik barcha musobaqalardan chetlatilgan.
Lazizbek Mullajonov 26 yoshda. 2024 yilgi yozgi Olimpiadada u 92 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, 2023 yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Mavzuga oid

21:55 / 30.07.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov namunasida doping aniqlandi

19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

17:04 / 15.02.2025