Ta’lim | 12:14 / 09.08.2025
2304
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin

Abituriyentlar avvalgi yillardagidek tanlagan yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Ushbu jarayon imtihonning ikkinchi, ya’ni tanlov bosqichi yakunlangandan bir necha kun o‘tib boshlanadi. Shundan keyin abituriyentlar tanlagan beshta yo‘nalishida nechanchi o‘rinda turgani, qolgan abituriyentlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Imtihonning tanlov bosqichi kecha 8 avgust kuni soat 23:59 da yakunlandi. Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

Mavzuga oid