Jamiyat | 19:38 / 09.08.2025
7593
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

U doira san’atining taniqli namoyandasi, «Zarb» ko‘rik-tanlovining va Doirachilar festivalining asoschisi hisoblanadi.

Foto: Dilmurod Islomov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, doirachi, «O‘zbekiston doirachilari» jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Dilmurod Islomov respublika «Zarb» ko‘rik-tanlovining va Doirachilar festivalining asoschisi hisoblanadi. U umri davomida doira san’atining rivojlanishida fidokorona xizmat qildi.

Shuningdek, doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014 yilda «Ustozlardan doira saboqlari» to‘plamini, 2015 yilda «Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)» o‘quv qo‘llanmasini, «Moziydan sado» monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etdi.

Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga hissa qo‘shdi.

Mavzuga oid