Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Chechenistonga ketma-ket ikki kun dronlar hujumi bo‘lganini aytdi
Chechenistonda dron hujumi oxirgi marta o‘tgan yilning 12 dekabrida qayd etilgandi.

Foto: kremlin.ru
9 va 10 avgust kunlari Checheniston dronlar hujumiga uchradi, deb ma’lum qildi respublika rahbari Ramzon Qodirov.
«Shyolkovskiy va Nadterechniy tumanlarida ikkita uchuvchisiz uchar qurilma aniqlandi. Har ikki jism o‘z vaqtida aniqlandi va havo hujumidan mudofaa vositalari yordamida yo‘q qilindi. Jarohatlanganlar va vayrongarchiliklar bo‘lmadi», — deb yozdi u o‘z Telegram kanalida.
Har ikki tuman respublika shimolida Stavropol o‘lkasi, Shimoliy Osetiya va Dog‘iston chegaralarida joylashgan.
Rossiya mudofaa vazirligi respublikada urib tushirilgan dronlar haqida ma’lumot bermadi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 10 avgustga o‘tar kechasi Stavropol o‘lkasida 8ta dron yo‘q qilingan.
Chechenistonda oxirgi marta o‘tgan yilning 12 dekabrida dronlar hujumi qayd etilgandi.
Mavzuga oid

20:12 / 08.08.2025
Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Ramzon Qodirov oilasi 150 ga yaqin orden oldi

09:08 / 26.07.2025
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi

22:01 / 25.07.2025
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV

08:26 / 01.07.2025