AQSh moliya vazirligi Eronga fuqarolik samolyotlari reeksport qilishga ruxsat berdi

AQSh moliya vazirligi Eronga fuqarolik samolyotlarini cheklangan shartlarda reeksport qilishga ruxsat berdi. Tegishli xabar vazirlikning saytida 29 iyulda chop etildi.
"Eronga AQSh fuqarolari bo‘lmagan shaxslar tomonidan ruxsat berilgan aviatsion texnikaning reeksporti cheklangan asosda amalga oshirilishi mumkin", deyilgan hujjatda. Bunday toifadagi samolyotlarga AQSh yoki boshqa davlatlarda AQSh ishtirokida yaratilgan va fiksatsiya qilingan qanotga ega samolyotlar kiradi.
Bundan tashqari, moliya vazirligi yana bir qator cheklovlarni saqlab qoldi. Xususan, ekipajni to‘plash va bo‘shatish hamda samolyot yo‘nalishlarini belgilash imkoniyati huquqi reeksporterchida saqlanib qoladi. Eronga samolyot bergan tomongina uning texnik holatini kuzatishi mumkin. Bundan tashqari, samolyotdagi jiddiy ta'mirlash ishlari Eron tashqarisida, Eronda yashamaydigan va uning pasportiga ega bo‘lmagan odamlar nazoratida o‘tkazilishi lozim.
Bundan tashqari, samolyotlar Eronda doimiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi hamda Tehronga istalgan texnologiyaning berilishi taqiqlanadi. Samolyotlarning Eron aviatashuvchilari ranglariga bo‘yash ham taqiqlanadi. Shu bilan birga Eronga ethiyot qismlarning yetkazilishi cheklanmaydi.
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39