Turkiya Isroil bilan munosabatlarini tiklaydi

Turkiya parlamenti rasmiy Tel-Aviv va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha shartnomani ratifikatsiya qildi, deb xabar qilmoqda Assoshieyted Press agentligi.
Shartnomaga muvofiq, Isroil 25 kun ichida Turkiyaga 20 mln dollar tovon puli to‘lashi kerak. 2010-yili "Ozodlik flotiliyasi" bilan yuz bergan mojaro ikki mamlakat aloqalarining yomonlashuviga sabab bo‘lgan edi.
Isroil va Turkiya o‘zaro munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvni 28-iyun kuni imzoladi. Hujjat kuchga kirishi uchun uni ikki mamlakat parlamentlari tasdiqlashi lozim edi. Endilikda, uni elchilar almashishadi.
Shu bilan birga, Turkiya hukumati, tovon pulini olgach, yuqoridagi voqeaga oid barcha da'volaridan voz kechadi, isroillik harbiylar esa jinoiy va huquqiy javobgarlikka tortilmaydi.
2010-yili Isroil maxsus kuchlari qamaldagi G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazish maqsadida suzayotgan kemalarni egallab olgan, dengizchilar va harbiylar o‘rtasidagi tortishuvda 9 nafar turkiyalik halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

07:51
BMT maxsus ma’ruzachisi Isroildan G‘azodagi ommaviy qotilliklarni to‘xtatishni talab qildi

20:03 / 27.04.2025
Hamas G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025