Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 doirasida BRIKS yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© REUTERS/ Wang Zhao
Xanchjouda (Xitoy) G20 sammiti doirasida BRIKS yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari muzokaralari rasmiy marosim va birgalikda suratga tushishdan boshlandi. XXR raisi Si Tszinpin "Sixu" qarorgohida o‘z hamkasblarini qarshi oldi.
Bunday yuqori darajali uchrashuvlar 2010 yildan boshlab G20 sammiti doirasida muntazam ravishda o‘tkaziladi.
BRIKS - Braziliya Federativ Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Afrika Respublikalarining (Brazil, Russia, India, China, South Africa) norasmiy davlatlararo ittifoqi. BRIKS mamlakatlari aholisining umumiy soni - 3,008 milliard nafar (dunyo aholisining 40 foizi), ularning YaIM umumjahon yalpi ichki mahsulotining 27 foizini tashkil qiladi.
2015 yilning 1 aprelidan 2016 yilning 15 fevraliga qadar BRIKS Rossiya raisligida bo‘lib o‘tgan. Rossiya raisligida BRIKSda 100dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tgan, ulardan 20tasi - vazirlar va idoralar rahbarlari darajasida o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

23:46 / 28.07.2025
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi

21:19 / 28.07.2025
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda

14:48 / 28.07.2025
Xitoy O‘zbekistondagi universitetga salkam 2 mln dollarlik ta’lim granti ajratdi

22:40 / 27.07.2025