Tramp Rossiya bilan "juda va juda yaxshi" munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp saylovda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Rossiya bilan "juda yaxshi" aloqalar o‘rnatishini ma'lum qildi.
"Menimcha biz Putin va Rossiya bilan juda va juda yaxshi munosabatda bo‘lamiz... O‘ylaymanki, men ular bilan kelishaman", degan Tramp NBC News telekanali efirida.
U Putinning Rossiyadagi nufuzi Obamaning AQShdagi nufuzidan yuqoriroq ekani haqida fikr bildirgan.
Telekanal muxbiri suhbat vaqtida Trampga uning "Putindan maqtov eshitish yoqimli ekanini tan olgani" haqida aytgan gapini eslatgan. Jurnalist Rossiya rahbari haqida salbiy fikr uyg‘otishga harakat qilgan, uni Qrimni anneksiya qilishda, Suriya va Eronni qo‘llab-quvvatlashda, "AQShning mintaqalardagi ta'sirlariga zarar yetkazishda" ayblagan. Shuningdek, rossiyalik xakerlar Demokratik partiya vakillariga kiberhujumlar uyushtirib, AQShdagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatishga urinishini eslatib o‘tgan.
Tramp oxirgi ayblovga shunday munosabat bildirgan: "Bu aslida shunday bo‘lgan-bo‘lmaganini hech kim bilmaydi".
"Siz men Obama nima ishlar qilgani haqida eslatishimni istayapsizmi?", deya ayblovlarga javob bergan respublikachi nomzod.
"Agar Putin meni maqtagan bo‘lsa, men buni qabul qilaman. Lekin u bundan biron naf ko‘radi deb o‘ylamayman... Bu ahamiyatga ega emas", degan va AQSh prezidenti bo‘lganida birinchi navbatda mamlakat manfaatlarini himoya qilishiga shama qilgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

19:18 / 09.04.2025
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters

14:17 / 25.01.2025