Kiyevlik talaba eski "Zaporojyets"ni elektromobilga aylantirdi

Ukraina milliy texnika universiteti talabasi Dmitriy Lipko eski "Zaporojyets"ni elektromobilga aylantirdi. Bu haqdagi xabar ta'lim muassasasining payvandlash fakulteti saytida paydo bo‘ldi, bir qancha muddatdan keyin unga Ukraina OAV e'tibor qaratdi.
Talabaga bunday elektromobilni aylantirishga mashinaning o‘zi, elektr dvigatel, Nissan Leaf modeli akkumulyatorlaridan bir qismi va kontrollyor kerak bo‘ldi. Avtomobilni loyihalash, bo‘laklash va yig‘ish uch oy vaqt oldi. Bunda Lipkoga otasi va "Yelektro–avtosam" avtoklubi a'zolari yordam berdilar.
Yangilangan avtomobilning bir quvvatlanishda bosib o‘tadigan yo‘li 50 km ni tashkil qiladi. Bu masofa talabaga uyidan ta'lim muassasasiga va u yerdan uyiga qaytishiga yetadi.
Feysbuk izohchilari mashina egasi texpasportni rasmiylashtirgani bilan qiziqishdi va bunga javoban vaqti kelib bu amalga oshirilishini eshitishdi.
Mavzuga oid

12:21
Rossiyaning tungi hujumlari: Odessadagi tug‘uruqxonaga dron urildi

16:20 / 09.06.2025
“Qo‘ng‘izimdan voz kecholmayman” – “Zaporojyets”ning marg‘ilonlik ishqibozi

08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor

10:11 / 17.05.2025