AQSh bombardimonchi samolyotlari Janubiy Koreya ustidan parvoz qildi

Arxiv surat
Amerika HHKning B-1 Lancer rusumli ikkita reaktiv strategik bombardimonchi samolyoti KXDR yadro sinovini o‘tkazgach, Janubiy Koreya hududi ustida parvoz qilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Samolyotlar ikki Koreya o‘rtasidagi demilitizatsiya qilingan chegaradan 77 km va poytaxt Seuldan 40 km uzoqlikda joylashgan Osan shahridagi aviabazadan havoga ko‘tarilgan va qisqa balandlikda parvoz qilgan. Bombardimonchi samolyotlarni AQSh va Koreya qiruvchi samolyotlari kuzatib borgan.
Xabar qilinishicha, parvozlar KXDR yadro sinovidan so‘ng, mintaqadagi keskinlik kuchaygan bir vaqtda Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Koreya bilan birdamligini namoyish etish maqsadida amalga oshirilgan.
Avvalroq, Janubiy Koreya o‘ziga nisbatan bevosita yadroviy tahdid bo‘lsa, «Pxenyanni yer yuzidan supurib tashlash» bilan dag‘dag‘a qilgan edi.
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

22:14 / 09.06.2025
Moskva va Pxenyan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

11:35 / 05.06.2025