Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota va BMW «aqlli» videoregistratorlar texnologiyasini xarid qildi

Foto: .bmwblog.com
Toyota va BMW avtokonsernlari va Germaniyaning Allianz sug‘urta kompaniyasi Amerikaning Nauto startapining texnologiyalariga litsenziyani xarid qildi. Nauto haydovchilarning o‘zini tutishini kuzatuvchi «aqlli» videoregistratorlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deb yozmoqda Reuters agentligi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va sug‘urta kompaniyasi Nauto texnologiyalari yordamida mijozlarning haydovchilik uslubi xususida ma'lumotlar to‘plash va kelgusida ulardan o‘zi boshqariladigan avtomobillar ishlab chiqishda foydalanish niyatida, deya ma'lum qilgan Nauto rahbari Stevan Xek Reuters agentligiga.
Mazkur kelishuvning shartlari oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, uchchala kompaniya ham Nauto startapida o‘z ulushiga ega bo‘lgan. U shuningdek, loyihaga yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchisi ham sarmoya kiritganini aytgan bo‘lsa-da, uning nomiga oydinlik kiritmagan.
Nauto tizimi haydovchining boshi, uning nigohi yo‘nalishini kuzatadi va bu ma'lumotlarni avtomobil tezligi hamda yo‘nalishi o‘zgarishiga oid axborotlar bilan umumlashtiradi. Agar haydovchi rulni boshqarayotgan vaqtda chalg‘ituvchi ishlar bilan shug‘ullansa, tizim uni diqqatini yo‘lga qaratishga undaydi.
Nauto qurilmasi AQSh bozorida 400 dollar turadi.
Mavzuga oid

16:56 / 02.07.2025
Dunyodagi eng mashhur avtomobil brendi nomi ma’lum bo‘ldi

09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

20:59 / 26.03.2025
Alibaba va BMW birgalikda Xitoydagi avtomobillar uchun sun’iy intellekt ishlab chiqadi

09:12 / 23.03.2025