Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarg‘a avstraliyalik politsiyachilarga giyohvand moddani topishga yordam berdi

G‘arbiy Avstraliya shtati politsiyasi taqdim qilgan videoda qarg‘aning politsiyaga metamfetamin paketini topishga yordam berganini ko‘rish mumkin. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Videodagi izohda yozilishicha, politsiya xodimlari yonilg‘i quyish shaxobchasida to‘xtab, bu yerda giyohvand modda solingan paketni topishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular videokuzatuv orqali metamfetaminni kim tushirib qoldirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rmoqchi bo‘lishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, yonilg‘i shaxobchasi atrofida yegulik izlab yurgan qarg‘a metamfetamin solingan paketni topib oladi. Voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid

10:01 / 03.07.2025
Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025