Olti oyda 4 mingdan ortiq shaxs giyohvand moddalar muomalasi uchun ushlandi
O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarim yilligida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan 4195 nafar shaxs ushlangan.

Foto: AOKA
AOKAda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, ushbu davr mobaynida 1 tonna 882 kilogramm giyohvandlik vositalari hamda 894 255 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan. 15 yanvar-15 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” profilaktik oyligi doirasida 50 mingdan ziyod tadbir tashkil etilib, ularga 2 milliondan ortiq fuqaro jalb qilingan. Aholi orasida 838 ming donadan ortiq targ‘ibot materiallari – buklet va flayerlar tarqatilgan.
Profilaktik tadbirlar doirasida 165 998 nafar o‘quvchi va talabalar bilan yakka tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari haqida ma’lumot berilgan.
Mazkur oylik davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 801 ta holat aniqlangan. Ulardan 567 tasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 158 holatda esa ma’muriy choralar ko‘rilgan. Noqonuniy muomaladan 21,8 kilogramm giyohvandlik vositalari hamda jami 28,8 ming dona va 26 kilogramm miqdorida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilingan.
Shuningdek, giyohvandlik vositalarining reklamasiga oid 1 323 ta “narkograffiti” aniqlanib, ularning barchasi o‘chirildi. Ularni chizgan 6 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.
Ichki ishlar organlariga olib kelingan shaxslardan 266 nafari majburiy, 235 nafari esa ixtiyoriy tarzda davolanishga yuborilgan. Bundan tashqari, internet tarmog‘i orqali narkotik vositalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari kuchaytirilgan. Natijada 75 ta “zakladkachi” bilan bog‘liq holatlarda jami 99 kilogramm 627 gramm giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Mavzuga oid

15:02 / 03.07.2025
Tenge Bankʼdan 90 ming AQSh dollarini talon-taroj qilgan shaxslar qo‘lga olindi

11:17 / 18.06.2025
Ota-onasi xorijda yurgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025