Tramp libosidagi erkak Tramp anjumanidan chiqarib yuborildi

Foto: Twitter/Matt Viser
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun milliarder kostyumida kelgan erkak kishini nomzodning qo‘riqchilari zaldan chiqarib yuborishdi. The Boston Globe nashrining Vashington bo‘limi rahbari o‘rinbosari Mett Vayzer shu haqda Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.
«Tramp libosida paydo bo‘lgan yigit, Trampni qo‘llab-quvvatlash marosimi bo‘layotgan zaldan chiqarib yuborildi, ammo sabablari noma'lum», — deb yozgan Vayzer.
Jurnalist shuningdek, hodisa qahramonining suratini ham sahifasiga joylashtirgan. Unda, oq ko‘ylak va kostyum kiygan, qizil bo‘yinbog‘ taqqan, boshiga yorqin sariq tusdagi Tramp uslubida turmaklangan yasama sochni o‘rnatib olgan yigitni ko‘rish mumkin. Suratga olish vaqtida u qo‘riqchilar bilan tortishayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:48 / 17.06.2025
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

23:30 / 17.06.2025
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?

21:59 / 17.06.2025
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi

12:57 / 17.06.2025