Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya prezidenti Trampning g‘alaba qilishidan xavotirda

Foto: EPA
Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk AQSh prezidentlik saylovlariga bir kun qolganda Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning g‘alaba qozonishidan xavotirda ekanligini bildirdi. Bu haqida Deutsche Welle nashri xabar qildi.
"Donald Trampdan prezident sifatida nimalar kutish mumkinligini oldindan aytib bo‘lmaydi", - dedi Gauk.
GFR prezidenti Trampning g‘olib bo‘lishi aksariyat AQSh va Germaniya fuqarolari kabi uni ham xavotirga solayotganini ta'kidladi.
"Vashingtonga qarab xavotirga tushaman", - dedi GFR rahbari.
Shunday bo‘lsa-da, u "prezidentga yakka hokimlik usullari bilan hukmronlik qilishga yo‘l qo‘ymaydigan Amerika demokratiyasi, nazorat qilish va muvozanat tizimi" saqlanib qolishiga umid bildirdi.
6 noyabrda Emnid kompaniyasi tomonidan chop etilgan ijtimoiy so‘rovlar Germaniyaning 77 foiz fuqarosi Tramp saylovda g‘alaba qozongan taqdirda AQSh va GFR o‘rtasidagi munosabatlarning salbiy tus olishidan cho‘chishini ko‘rsatdi.
Washington Post va ABC News tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, Klinton Trampni 5 foizga ortda qoldirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidentlik saylovlari ertaga, 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025