Anjyelina Joli Pittni har hafta giyohvand moddalar va alkogolga tekshirishni talab qilmoqda

Amerikalik aktrisa Anjyelina Joli suddan turmush o‘rtog‘i aktyor Bred Pittni bir oyda to‘rt marotaba giyohvand moddalar va alkogolga tekshirishga majbur qilib qo‘yishni talab qildi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
Sentyabr boshida ajrim uchun ariza bergan aktrisa shu yo‘l bilan bolalari xavfsizligini ta'minlash niyatida. Ular otalari bilan dam olish kunlari ko‘rishishadi.
Avvalroq, Joli va Pitt farzandlari ajrimdan so‘ng kim bilan qolishi borasida kelishib olganliklari ma'lum bo‘lgandi. Kelishuvga ko‘ra, ular ona qaramog‘ida bo‘ladi, aktyor esa “terapevtik tashrif”larni amala oshiradi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, ajrashish jarayoniga xususiy samolyotda yuz bergan mojaro sabab bo‘lgan. O‘shanda Pitt o‘g‘illaridan birini urgan. Los-Anjyeles okrugining oila va bolalar ishi bo‘yicha departamenti tomonidan olib borilgan tergov esa zo‘ravonlik ishlatilmaganini ko‘rsatdi.
Mavzuga oid

10:23 / 10.04.2025
Andijonda o‘z xonasida giyohvand modda iste’mol qilgan amaldor ishdan olindi

15:42 / 09.04.2025
Andijon shahar bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘z xonasida psixotrop modda iste’mol qilgani ma’lum bo‘ldi

12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi

16:14 / 16.02.2025