20 dekabrdan AQShga kirayotganlardan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘rsatish so‘ralmoqda

Foto: Getty Images
2016 yilning 20 dekabridan AQShning soliq va chegara xizmati mamlakatga vaqtinchalik tashrif buyurgan fuqarolardan sayohatlarni avtorizatsiyalash elektron tizimi shaklini (ESTA) to‘ldirishda "internetda mavjudlik bilan bog‘liq ma'lumot" qoldirish so‘ramoqda. Politico nashri shu haqida xabar berdi.
Yangi qoidalar faqat mamlakatga vizasiz kelayotgan fuqarolarga taalluqli. Manbada aytilishicha, 19 dekabrda hukumat hujjat shaklini to‘ldirishga kiritilgan yangi o‘zgarishlarni tasdiqlagan. Hujjatning yangi satrida xorij fuqarolariga ijtimoiy tarmoqlar va internet servislardagi (VKontakte, Facebook, Twitter, Instagram, LinkedIn, YouTube va Google+) akkauntlarini ko‘rsatib o‘tish taklifi beriladi.
Bunday o‘zgarishlar AQSh hukumatining "potensial tahdidlarni aniqlash"ni osonlashtirish harakatlari bilan izohlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlar IShID kabi turli terrorchi guruhlar vakillarini o‘z vaqtida aniqlab, ularning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
Shuni ta'kidlash joizki, ESTA'ning mazkur satrini to‘ldirish majburiy emas.
Mavzuga oid

01:25
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

21:35 / 18.06.2025
Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi

18:25 / 18.06.2025