Liviya samolyoti olib qochildi
Liviyadagi Afriqiyah Airways aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti olib qochildi. Bortida 118 kishi bo‘lgan ushbu samolyot Maltaga qo‘ndirilgan. Bu haqda Maltadagi nashrlarga asoslanib, Reyters agentligi xabar berdi.
Nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan 2 nafari samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Ularning talablari hozircha ma'lum emas.
The Times of Malta nashrida aniqlik kiritilishicha, Airbus A320 Sabha shahridan mamlakat poytaxti Tripoliga reysni amalga oshirayotgan samolyoti 2 nafar noma'lum shaxs tomonidan olib qochilib, Maltaga qo‘ndirilgan.
Malta bosh vaziri bu haqda xabardor ekanini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur axborot huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV

09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

21:22 / 07.05.2025
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda

09:05 / 31.01.2025