AQSh razvedkasi Trampni kiberhujumlarda Rossiyaning qo‘li borligiga ishontira olmayapti

Foto: Reuters
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi vakili Shon Spayser Fox News'ga bergan intervyusida razvedka xizmati Trampni Rossiyaning kiberhujumlarga aloqasi borligiga ishontira olmaganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, razvedka bugunga qadar Trampga Amerika siyosiy tashkilotlarining elektron tizimlariga uyushtirilgan hujumlarga rossiyalik xakerlarning aloqasi borligiga ishonchli dalillarni taqdim eta olmagan.
Spayser Tramp har kuni brifinglarda bo‘layotgani, lekin razvedkaning dalillaridan hanuz darak yo‘qligini ta'kidlagan. Bundan tashqari, u shu haftada razvedka xizmatlari Tramp uchun maxsus brifing o‘tkazishini aytdi. Tramp ushbu brifing yakunlari bo‘yicha bu masalada tegishli xulosa chiqaradi.
Mavzuga oid

20:39 / 15.04.2025
Xitoy AQSh Milliy xavfsizlik agentligining uch nafar xodimini hibsga olishga order berdi

18:16 / 18.01.2025
AQSh razvedkasi sobiq xodimi Isroilning Eronga hujumiga oid maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganini tan oldi

17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi

20:05 / 13.10.2021