Trampning inauguratsiya marosimiga Rossiya kimni jo‘natishi ma'lum bo‘ldi
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning qasamyod marosimida Moskva nomidan Rossiyaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi Sergey Kislyak ishtirok etadi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bergan.
«Hech qanday protokoldan chetga chiqishlar bo‘lmaydi», — degan manba. Rossiya TIVda, shuningdek, ko‘p yillar mobaynida AQShdagi bunday marosimlarda Rossiya elchisi ishtirok etib kelgani ta'kidlangan.
7 yanvar kuni AQSh Kongressi palatalari qo‘shma yig‘ilishida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari ko‘rib chiqildi va Donald Tramp ularda g‘olib chiqqani rasman e'lon qilindi.
Ma'lumot uchun, Donald Trampning inauguratsiya marosimi 20 yanvarga belgilangan.
Mavzuga oid

11:39 / 14.06.2025
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

08:01 / 31.05.2025
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

19:30 / 28.05.2025