Istanbul terakti ijrochisi qo‘lga olindi
Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klublardan birida qo‘poruvchilikni amalga oshirgan Abdulqodir Masharipovni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlandi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik ekani aytilayotgan terrorchi Istanbulning Esonyurt tumanida qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.
Xabarlarga ko‘ra, Masharipov qirg‘izistonlik gumashtasining uyida yashirinib kelayotgandi. U bu yerga uch kun avval ko‘chib kelgan. “Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Masharipovning yonida to‘rt yarim yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, politsiya amaliyoti chog‘ida terrorchida o‘qotar qurol bo‘lmagan va qarshilik ko‘rsatmagan.
Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 nafari shifoxonaga yotqizilgan edi.
Mavzuga oid

08:48 / 12.06.2025
Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar kechiktiriladi

12:25 / 11.06.2025
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

15:45 / 02.06.2025
Kiyevning Istanbuldagi muzokaralar uchun takliflari ma’lum bo‘ldi

14:28 / 02.06.2025