Hayvonot bog‘ida tug‘ilgan dunyodagi ilk gorilla o‘ldi

AQShda hayvonot bog‘ida tug‘ilgan dunyodagi birinchi gorilla o‘ldi. U 60 yoshga to‘lgandi, deb xabar beradi Assoshieyted Press agentligi Ohayo shtatidagi hayvonot bog‘iga asosan.
Kolo laqabli gorilla AQShdagi bunday turdagi jonivorlarning eng keksasi bo‘lib, tushida o‘lgan.
"Kolo ko‘plab insonlarning yoqimtoyiga aylangandi. Uni sevishardi", - deya ma'lum qilishgan hayvonot bog‘ida.
Ma'lumot uchun, Kolo hayvonot bog‘ida 1956 yilning 22 dekabr kuni tug‘ilgan. 2016 yilda uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan yuzlab insonlar hayvonot bog‘iga tashrif buyurishdi. Uning yoshi erkinlikda yashamaydigan gorillalar umri o‘rtacha davomiyligidan 20 yilga ko‘proq.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46