Jon Makkeyn Trampda diktatorlikning ilk alomatlarini ko‘rdi

AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Trampni diktatorlik belgilarini namoyon etishda aybladi. Bu haqda Politico nashrida yozilgan.
«Diktatorlar matbuotga bosim o‘tkazishdan boshlashadi. Hukumat bir qo‘lda jamlanishini ta'minlashning birinchi yo‘li — OAVni bo‘g‘ishdir. Men Tramp diktatorlik qilmoqda demayapman. Shunchaki, tarix saboqlarini yoddan chiqarmaslik lozim», — degan Makkeyn.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda demokratiya saqlanib qolishi uchun erkin matbuotni saqlab qolish kerak, nashrlar esa bir-biri bilan raqobatda rivojlanadi.
Jon Makkeynga Oq uy rahbari New York Times nashri va bir qator yetakchi telekanallarni "amerikaliklar dushmani" deb ataganiga qanday munosabatdaligini so‘rab savol berishgandi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

19:18 / 09.04.2025
Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tushirdi - Reuters

14:17 / 25.01.2025