Tillerson: Suriyaga hujum Tramp «hal qiluvchi choralar qo‘llashga tayyorligi»ni ko‘rsatdi

AQSh Jyenevadagi uchrashuvlarda Suriyaning kelajagi bo‘yicha siyosiy jarayonni boshlaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti boshlig‘i Reks Tillerson ma'lum qilgan.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Tillerson AQShning Suriyadagi aerodromga bergan zarbasi mamlakat prezidenti Donald Tramp «hal qiluvchi choralar qo‘llashga tayyorligi»ni ko‘rsatgani haqida aytib o‘tgan.
7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyadagi aerodromga 60ga yaqin qanotli raketa yo‘lladi.
Trampning o‘zi esa ushbu hujum Amerikaning «milliy xavfsizligi muhimligi»ni aks ettirishini ma'lum qilgan.
AQSh prezidentining bu zarbalarni berish bo‘yicha qarori 4 aprel kuni Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy hujum amalga oshirilishidan keyin qabul qilindi. Vashington ushbu hujumda Bashar Asad hukumatini aybladi.
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

08:01 / 31.05.2025
Tramp: Rossiyaning Ukrainaga bergan zarbalaridan hayratdaman va hafsalam pir bo‘ldi

19:30 / 28.05.2025