Nil Gorsach AQSh oliy sudining 113-a'zosi sifatida qasamyod keltirdi

Foto: AP
Amerikalik huquqshunos Nil Gorsach Oq uyning Pushti bog‘ida o‘tgan rasmiy marosimda AQSh oliy sudining 113-a'zosi sifatida qasamyod keltirdi. Marosimda AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Maykl Pens ishtirok etdilar.
Avvalroq Gorsach oliy sud binosida yopiq eshiklar ortida qasamyod keltirgandi. Pushti bog‘dagi marosim esa Gorsachning bu lavozimga rasman kirishishidan oldin oxirgi rasmiyatchilik bo‘ldi.
Gorsach 49 yoshda. U avval AQShning 10-federal okrugida hakamlik sudi tarkibida ishlagan.
"U shaxsiy qarashlar emas, balki qonunni adolatli va xolis uqqan holda qarorlar qabul qiladi", deb aytdi Tramp tantanali marosim oldidan.
Ushbu lavozim uchun tayinlov bo‘yicha bahslar AQSh Demokratik va Respublikachilar partiyalari orasida bir yildan ko‘proq vaqt davom etib kelgan.
Mavzuga oid

19:29
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

14:45
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi

13:41
Shmixal: AQSh va Kiyev avvalgi yordam uchun qarz masalasini hal qildi

13:05