Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligi ishonch telefonini ishga tushirmoqda

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Jismoniy-yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur boshqarma tarkibida “Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi tashkil etildi.
Bu markaz joriy yilning 1 may kunidan test rejimida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Markazning afzallik tomoni shundaki, fuqarolar respublikaning barcha hududlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yagona markazlashgan qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarining og‘zaki murojaatlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:18
IIV pensionerlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

23:00 / 29.07.2025
Ikki viloyatda IIB boshliqlari o‘zgardi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:02 / 03.07.2025