O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi
O‘zbekiston va Xitoy yaqin yillarda o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda aytib o‘tdi.
Mirziyoyevning aytishicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi joriy yilda 5 mlrd dollarga yetadi va yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga ortadi.
Mirziyoyev Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga faol ravishda investitsiya kiritayotganini ta'kidlab o‘tdi. Hozirda O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 700 dan ortiqroq kompaniya va firmalar faoliyat yuritmoqda. Mirziyoyevning ta'kidlashicha, Xitoy O‘zbekiston iqtisodiyotiga 8 mlrd dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltirgan.
2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 4,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid

21:57 / 04.07.2025
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

11:50 / 04.07.2025
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi

19:37 / 03.07.2025
Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi

11:49 / 03.07.2025